Tovarni qaytarish arizasining moderatsiyasi

Tovarni qaytarish arizasi Ozon va sotuvchi moderatsiyasiga topshiriladi. Ular ariza to‘g‘ri rasmiylashtirilganini tekshirishadi va tovar uni qaytarish shartlari va muddatlariga qanchalik mos kelishiga baho berishadi.

To‘g‘ri rasmiylashtirilgan ariza quyidagilarni o‘z ichiga oladi:

  • tovar bilan bog‘liq muammoga mos keluvchi sabab;
  • tovar, qadoq va nuqsonning bir necha tomondan olingan sifatli fotosuratlari;
  • muammoning batafsil ta’rifi.

Tovarni qaytarish arizasi bo‘yicha qaror:

Ariza rad etilishing ko‘p uchraydigan sabablari:

Sabab Ta’rif Qaytarish imkoniyati
Tovar ko‘rinishi buzilgan Yaxshi sifatdagi tovarda ishlatilganlik izlari ko‘rinib turibdi. Tovarni qaytarib bo’lmaydi.
Zavod qadog‘i buzilgan Yaxshi sifatdagi tovarning zavod qadog‘i buzilgan yoki yorliqlari yo‘q.
Qaytarib bo‘lmaydi Tovar qaytarib bo‘lmaydigan buyurtmalar kategoriyasiga kiradi. Batafsil qaytarib berilmaydigan tovarlar.
Javob olmadik Siz 24 soat ichida chatda operatorga javob bermadingiz: fotosuratlarni taqdim etmadingiz yoki tovarni qaytarish bo‘yicha batafsil ma'lumotni ko‘rsatib o‘tmadingiz. Tavsiyalarda berilgan barcha kerakli ma’lumotlardan foydalangan holda yangi arizani yarating.
Ko’rsatilgan sabab muammoga mos kelmayapti Arizani rasmiylashtirayotganda siz tovar bilan bog‘liq muammoga mos kelmaydigan sababni ko‘rsatib o‘tdingiz.
Fotosuratda nuqson ko‘rinmagan Fotosuratda nuqson xira ko‘ringan.
Fotosuratlar yetarli emas Siz faqat bitta rakursdan fotosuratlarni joyladingiz, nuqson va qadoq fotosuratlarini qo’shmadingiz.

Скрыть навигацию

Показать навигацию