Siz tovarni belgilangan muddat ichida qaytarishingiz mumkin.
Tovarlarni tegishli ko’rinishda, ulardan foydalanmagan holatda va xarid paytida olingan komplektatsiyada qaytaring. Biz tovar qadog’ini uni qaytarish uchun belgilangan muddat davomida saqlashni tavsiya qilamiz.
Tovarni qaytarayotganda uni tashish vaqtida shikastlanmaydigan qilib qadoqlang.
Quyida ba’zi tovarlar kategoriyasini qadoqlash bo’yicha tavsiyalar berilgan.
Suyuqliklar #
Zarur hollarda tovarning germetikligini ta’minlang.
Sinuvchan tovarlar #
- Tovarni komplektda bo’lgan plyonka bilan o’rang.
- Qutiga joylashtiring.
- Qutini ichidagi bo’shliqni to’ldiradigan narsa bilan to’ldiring. Masalan, qog’oz bilan.
Potensial xavfli tovarlar #
Yonuvchan moddalari bor tovarlar potensial xavfli sanaladi va faqat bo’sh yonilg’i baki va ballon bilan qabul qilinadi. Bu insonlar va mulkning xavfsizligini ta’minlaydi.
Bunday tovarlarga misollar:
- gaz ballonlari,
- ichki yonuv dvigatellari,
- ichki yonuv dvigateli bor va yonuvchi moddalar asosida ishlaydigan asboblar va uskunalar.