Cheklar va hujjatlar

Profilingizda ko‘rsatilgan elektron pochtaga va Elektron cheklar bo‘limiga quyidagilar yuboriladi:

  • чек на предварительную оплату («dastlabki to‘lov cheki») — to‘lov amalga oshirilgandan so‘ng;
  • чек на полный расчёт («to‘liq hisob-kitob cheki») — buyurtma qabul qilingandan so‘ng.

Har ikkala chekda ham tovar haqida batafsil ma’lumot keltiriladi.

Siz buyurtmani to‘lagan kartangizga qarab, chek rus yoki o‘zbek tilida shakllantiriladi.

Tovarni qaytarish uchun cheklar kerak emas.

Qaytarish tartiblari to‘g‘risida batafsil ma’lumot

Buyurtma uchun mablag‘lar balansidan to‘langandagi cheklar #

Buyurtma uchun mablag‘lar balansidan to‘laganingizda, to‘liq hisob-kitob uchun chek olasiz.

Bekor qilish va qaytarishdagi cheklar #

Buyurtma qaytarilganda va to‘liq yoki qisman bekor qilinganda, biz quyidagilarni amalga oshiramiz:

  • eski chekni o‘zgarishsiz saqlab qolamiz;
  • qaytarilgan yoki bekor qilingan tovar uchun yangi qaytarish chekini yuboramiz.

Tuzatish cheklari #

Rossiya banki kartasi bilan to‘langanda foydalanish mumkin.

Tuzatish cheki xato qilingan cheklarni to‘g‘rilash uchun zarur.

Quyidagi hollarda bir yoki bir nechta tuzatish cheklarini olasiz:

  • Yetkazib berish kunida chek olmagan bo‘lsangiz. Bunda bitta tuzatish cheki beriladi — tovarni qabul qilib olishning to‘g‘ri sanasi Дата корректируемого расчёта («Tuzatilayotgan hisob-kitob sanasi») maydonida ko‘rsatiladi.
  • Chekda rekvizitlarda, masalan, tovar nomida xatolik bo‘lsa. Bu holda ikkita tuzatish chekini olasiz — «Возврат прихода» («Kirimni qaytarish») belgili xato chek va «Приход» («Kirim») belgili to‘g‘ri rekvizitli chek.

Tuzatish chekini olish uchun bizga chat orqali murojaat qiling.

Cheklarni birlashtirish yoki ajratish #

Bitta buyurtma uchun bir yoki bir nechta chek shakllantirilishi mumkin. Cheklar tizim tomonidan avtomatik tarzda yaratiladi, ularni birlashtirish yoki ajratishning imkoni yo‘q. Tovarlar turli cheklarga tushishi uchun har bir tovarni alohida buyurtma sifatida rasmiylashtiring.

Hujjatlar #

Tovar sertifikati #

Muvofiqlikni tasdiqlash uchun sotuvchidan sertifikat yoki deklaratsiya nusxasini yuborishini so‘rang. Sotuvchiga xabar yuborish uchun tovar sahifasidagi uning surati ostida joylashgan Спросить продавца о товаре («Sotuvchidan tovar haqida so‘rash») tugmasini bosing.

Barcha tovarlar majburiy sertifikatlanishi shart emas, ba’zi tovarlar uchun sertifikat talab qilinmaydi.

Ozon tovariga muvofiqlik sertifikatini olish uchun bizga chat orqali murojaat qiling.

Kafolat taloni #

«О защите прав потребителей» («Iste’molchilarning huquqlarini himoya qilish to‘g‘risida») gi qonunga ko‘ra, kafolat taloni bo‘lmasa ham, sizga kafolatli xizmat ko‘rsatishni rad etishlari mumkin emas. Chek va tovarning qadoqda ko‘rsatilgan seriya raqamini taqdim etishning o‘zi yetarli. Tovarni qaytarish uchun kafolat taloni talab qilinmaydi.

Agar talon bo‘lsa-yu, to‘ldirilmagan bo‘lsa, buyurtmani olganingizdan so‘ng 14 kundan keyin uni o‘zingiz to‘ldirishingiz mumkin. Дата покупки («Xarid sanasi») maydoniga buyurtmani olgan sanani yozing. Tovarni qaytarish muddati tugamaguncha talonni to‘ldirmang.

Скрыть навигацию

Показать навигацию