Kafolatli xizmat ko‘rsatish — kafolat muddati davomida aniqlangan ishlab chiqarish kamchiliklarini bepul bartaraf qilish. Kafolat agar siz ekspluatatsiya shartlarini buzmagan bo‘lsangiz amal qiladi.
Kafolatni ishlab chiqaruvchi taqdim etadi.
Kafolat turi | Ta’mirlash uchun qayerga murojaat qilish kerak | Muddat | Tovar kartochkasida aks etishi |
---|---|---|---|
Ishlab chiqaruvchidan | Ishlab chiqaruvchining servis markazlari | Ishlab chiqaruvchi tomonidan o‘rnatiladi |
Agar siz ishlab chiqaruvchining vakolatli xizmat ko‘rsatish markazini, topa olmasangiz, ishlab chiqaruvchining ishonch telefoniga murojaat qiling yoki chatimizga yozing.
Tovarni qanday ta’mirlanadi? #
Servis markaziga quyidagilarni olib keling:
- Tovar.
- Kafolat taloni — tovar qutisi ichida bo‘ladi.
Sizda kafolat taloni bo‘lmasa ham, qonunga muvofiq sizga xizmat ko‘rsatishdan bosh tortish mumkin emas. Agar servis markazi xodimlari kafolat talonini talab qilishsa, chatimizga yozing.
Servis markazida tovaringizni bepul tuzatishadi yoki u ta’mirga yaroqsiz ekanligi haqida xulosani berishadi.
Tovarni qanday qaytarsa bo‘ladi? #
Agar tovarni ta’mirlab bo‘lmasa, servis markazi tovar ta’mirga yaroqsiz ekanligi haqida aktni beradi. Bunday tovarning pulini qaytarib olish uchun quyidagilarni bajaring:
- Tovarni qaytarishga ariza yozing.
- Arizaga tovar ta’mirlashga yaroqsiz ekanligi haqidagi aktni ilova qiling.
- Ariza tasdiqlanishini kuting.
- Tovarni qaytarayotganda u bilan birga tovar ta’mirlashga yaroqsiz ekanligi haqidagi aktni buyurtmalarni berish punktiga topshiring.
Agar ishlab chiqaruvchi sizning mamlakatingizda kafolatli xizmat ko‘rsatishni to‘xtatgan bo‘lsa:
- Tovarni qaytarish uchun ariza yozing.
- «Mahsulot mos kelmadi» («Muammoni ta’riflang») degan bandda ishlab chiqaruvchi mamlakatingizda kafolatli xizmat ko‘rsatishni to‘xtatganini ko‘rsatib o‘ting.
- Ariza tasdiqlanishini kuting.
- Tovarni buyurtmalarni berish punkti yoki yetkazib berish xizmatiga topshiring.
Savollaringiz bo‘lsa, chatimizga yozing.
Kafolatsiz holatlar #
Quyidagi holatlar sabab nuqsonlar yuzaga kelgan tovarlarga kafolatli xizmat ko‘rsatish amal qilmaydi:
-
Iste’molchi tomonidan tovarni ekspluatatsiya qilish, saqlash va tashish qoidalari buzilganligi;
-
Uchinchi shaxslarning xatti-harakatlari:
- ta’mirlash ishlari yoki vakolatli bo‘lmagan shaxslarning ishlab chiqaruvchi tomonidan ruxsat etilmagan konstruktiv yoki sxemotexnik o‘zgartirishlar kiritishi;
- ta’minlovchi, telekommunikatsion va kabel tarmoqlarining Texnika standartlari va me’yorlaridan chetga chiqishi;
- buyumni noto‘g‘ri sozlash yoki ulash.
-
Yengib bo‘lmas kuch ta’siri (tabiiy ofat, yong‘in, chaqmoq va h.k.);
-
Zararli dasturlar (masalan, kompyuter viruslari) ta’siri;
-
Foydalanuvchi yoki vakolati bo‘lmagan shaxs tomonidan ВIOS (kompyuter tizimlari uchun), dasturiy ta’minot noto‘g‘ri yangilanganligi natijasida buyum ishlamay qolishi.
-
Buyumdan tadbirkorlik faoliyati uchun foydalanish.